
Shahram G‘iyosov: "Bu jangni qizimga bag‘ishlayman"
Xabaringiz bor, 12 aprel kuni AQShning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. E’tiborlisi, ushbu kechada hamyurtimiz Shahram G‘iyosov Argentina vakili Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga ko‘tarilishi belgilangan.
Ushbu jang oldidan bokschimiz o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu jangni qizimga bag‘ishlayman. Albatta, bu men uchun judayam qiyin. Chunki men qizimni juda qattiq yaxshi ko‘rardim. Uni hali hamon sog‘inyapman. Biroq qizimga, ota-onamga jahon chempioni bo‘laman, deb va’da berganman!" - dedi hamyurtimiz Instagram sahifasiga joylagan videoda.
Ma’lumot uchun, 22 mart kuni G‘iyosovning 2 yoshli qizi vafot etgandi.
Fikrlar