Shakur Stivensonga yangi raqib topildi

  • 20 fevral, 06:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Shakur Stivenson (22-0, 10 KO) 22 fevral kuni Ar-Riyodda o‘tkaziladigan jang uchun yangi raqibi ma’lum.

Tecno

Dastlab rejalashtirilgan raqib, Floyd Skofild o‘rniga u britaniyalik Josh Pedli (15-0, 4 KO) bilan to‘qnash keladi. Bu haqda "Boxing Scene" xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Stivenson avvalgi jangini 2024 yilning iyulm oyida o‘tkazgan va unda Artyom Arutyunyan ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi. Pedli esa 2024 yilning sentyabrida Mark Chemberlendan ustun kelgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!