Sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng, Germaniyaga yangi bosh murabbiy topildi

  • 18 noyabr, 2020, 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya futbol federatsiyasi Ispaniyadan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin terma jamoaga yangi bosh murabbiy olib kelish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Aslida yangi murabbiy masalasi yozda ham muhokama qilingan va bundestimni Xans-Diter Flikka topshirish rejalashtirilgan edi. Millatlar ligasidagi sharmandali hisobdan keyin bu mavzu yana kun tartibiga qaytdi.

Shuningdek, Germaniya futbol federatsiyasi rahbariyati “Liverpul”ni Angliya chempioniga aylantirgan Yurgen Klopp nomzodini ham ma’qullagan.

Shunday bo‘lsa-da, 2006 yildan beri Germaniya terma jamoasiga bosh murabbiylik qilayotgan Yoaxim Lyov kelasi yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Evropa chempionati yakunlangunga qadar o‘z ishini davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ BEKMURODOV
18/11/2020 20:53
Сарловҳадаги Германия сўзини ўрнига Ўзбекистон сўзини қўйиб ўқисак ааа нима дийсилар