Shavkat Mirziyoev JChda sovrindor bo‘lgan bokschilar va ularning murabbiylarini taqdirladi

  • 28.09.2019 21:11
  • 3
  • Boks
CHERY AUTO

Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.

Tecno

Xususan, joriy yilning 6-22 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari o‘rtasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qo‘shganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlar ongida milliy g‘urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun quyidagilar faxriy unvon va medallar bilan mukofotlansin: 

«O‘zbekiston iftixori» 

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» 

Kurbanov Marat Galievich    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Qilichev To‘lkin Maxmurovich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha murabbiyi

Erkaev Baxodir Turgunovich    -    Farg‘ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» 

Zoirov Shaxobidin Shokirovich    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«Shuhrat» medali bilan

Axmedov Burxon Baxramovich    -    Paxtakor tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi, Jizzax viloyati

Qilichev Farruh Komilovich    -    Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati

 

                                                    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                   Sh.Mirziyoev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фан
29/09/2019 10:10
ТАБРИКЛАМИЗ !!!

Сизлар бундан хам купрогига муносибсизлар.
Негадир Рузиохуновни ушбу руйхатда куринмаганлиги ажабланарли.
&
Фан
29/09/2019 10:19
**ТАБРИКЛАЙМИЗ !!!)))
Ronaldujunior
29/09/2019 01:54
улар бунга муносиб
Ynus Qulmurodov
28/09/2019 22:42
Бокисчиларимизни табриклаеман...Тошкент ш Миробод 2000/2002 75 31 х/к телеграм группада...Армийские...