Shavkat Rahmonov oktagonga qachon qaytadi?

  • 24 aprel, 17:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning oktagonga qaytish vaqti ma’lum bo‘ldi. Bu haqda uning murabbiyi Eduard Bazrov xabar bermoqda.

"Biz kuzda, taxminan oktyabrda qaytishni rejalashtiryapmiz. Bu yilni jangsiz o‘tkazib yuborishga haqqimiz yo‘q. Chunki kuchli yigitlar yanada ko‘paymoqda" - dedi Bazrov "Sport Shryodingera" You Tube  kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov so‘nggi jangida irlandiyalik Ian Garri ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!