Shavkat Rahmonovning ahvoli ma'lum bo'ldi

  • 23.07.2026 13:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

DAR Team jamoasi bosh murabbiyi va Shavkat Raxmonovning ustozi Eduard Bazrov Sports.kz sayti bilan suhbatda mashhur jangchining hozirgi ahvoli va mashg‘ulot jarayoni haqida ma’lumot berdi.

— Shavkat hozir zalda shug‘ullanyapti. Bilasiz, u juda jiddiy va noxush jarohat olgan edi. Oyogi bilan bog‘liq muammolar ancha bo‘ldi. Hozircha u taxminan 60 foizgacha to‘liq mashg‘ulot rejasi va murabbiy ko‘rsatmalarini bajara olyapti. Asosiy e’tiborni hozir boksgа va jismoniy tayyorgarlikka qaratganmiz. Oyogi hali ham tiklanish jarayonida, — deya ta’kidladi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Raxmonov og‘ir tizza jarohati qaytalanganidan so‘ng reabilitatsiyani davom ettirmoqda. Uning hozirgacha bo‘lgan so‘nggi jangi 2024 yil dekabrida o‘tkazilgan edi. O‘shanda qozog‘istonlik sportchi irlandiyalik Ien Garri ni hakamlar yagona qarori bilan mag‘lub etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!