Shavkat Raxmonov 10 oy jang qilolmasligi mumkin

  • 4 oktabr, 00:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

So‘nggi kunlarda UFC muxlislarini tashvishga solayotgan xabarlar paydo bo‘lmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, qozog‘istonlik MMA ustasi Shavkat Raxmonov go‘yoki avval operatsiya qilingan tizzasidan jarohat olgan va qayta operatsiya qilinishi mumkin, agar bu tasdiqlansa, jangchi yana 10 oygacha oktagondan chetda qolish xavfi borligi aytilgandi.

Biroq, qozog‘istonlik jurnalist Dimash Tulegenov jangchining menejeri bilan bog‘langanini va ushbu ma’lumot rasman rad etilganini ma’lum qildi.

Shu bois, hozircha Raxmonovning sog‘lig‘i va oktagonga qaytish muddati haqida aniq va tasdiqlangan rasmiy xabar yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!