
Sherzod Temirov "Sho‘rtan" mashg‘ulotlarida ko‘rinish berdi
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram sahifasida Sherzod Temirovning transferi borasida izoh qoldirdi. Unda aytilishicha, hujumchi ayni damda G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
"Eron chempionatida harakat qilgan hamyurtimiz Sherzod Temirov ayni damda “Sho‘rtan” klubi bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Hujumchi Eron klubi bilan o‘rtadagi shartnomani to‘liq ado etgach, erkin agent maqomini qo‘lga kiritgan.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, hozircha u birorta mahalliy jamoa bilan muzokaralar o‘tkazmayapti. Shunga qaramay, Temirov katta ehtimol transfer oynasi yopilguniga qadar Superliga klublaridan biri bilan shartnoma imzolaydi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz".
Eslatib o‘tamiz, Sherzod Temirovning so‘nggi jamoasi Eronning "Pakyan" klubi bo‘ldi. U fors klubi safida 25 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2 gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar