Sheshko: "Hamma narsa hamma uchun ideal kechdi"

  • 11.09.2026 13:56
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» forvardi, sloveniyalik Benyamin Sheshko jamoasining Chempionlar ligasi saralash bosqichida Ozarbayjonning «Sabah» klubi ustidan qozongan yirik g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

 

UEFA matbuot xizmatiga bergan izohida Sheshko ushbu uchrashuv deyarli barcha jihatdan ular uchun muvaffaqiyatli kechganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, «Manchester Yunayted» muxlislari o‘z jamoasining bir nechta gol urishini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

«Bunday o‘yinlar bizga keyingi bahslar oldidan ijobiy kayfiyat va ishonch beradi», — dedi Sheshko.

 

Ma’lumki, «qizil iblislar» o‘z maydonida «Sabah»ga qarshi uchrashuvda jiddiy qarshilikka duch kelmadi. Maykl Kerrik shogirdlari raqib darvozasini to‘rt bor ishg‘ol etib, 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Benyamin Sheshko esa uchrashuvda jamoasining bir goliga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!