Shkrinyar "Inter" bilan shartnomasini uzaytiradi
Milanning "Inter" klubi himoyachisi Milan Shkrinyar tez orada jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2023 yilga qadar imzolanadi. Uning yillik maoshi esa 1,7 mln evrodan 3 mln evroga qadar oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 23 yoshli slovakiyalik futbolchiga "Real", "Barselona" va "Manchester Siti" kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Shkrinyar joriy mavsum “Inter” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar