Shnayderlin Liverpul derbisini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 19 mart, 2017, 17:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Everton” klubi yarim himoyachisi Morgan Shnayderlin kecha bo‘lib o‘tgan “Hall Siti”ga (4:0) qarshi bahsda jarohat oldi va u bir necha haftaga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “irischilar” bosh murabbiyi Ronald Kuman aytib o‘tdi.

Tecno

“Uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zarur. Men Morganni bir necha haftaga yo‘qotishimiz mumkinligidan havotirdaman. Ammo, biz o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv natijalarini kutishimiz lozim”, - deydi Kuman.

Agar bosh murabbiyning tahminlari to‘g‘ri chiqsa, u holda Shnayderlin 1 aprel kuni “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan derbini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!