
Shohasan Mirzamatovning navbatdagi raqibi ma’lum yoxud “Oktagon 57” turnirida bir qator o‘zbekistonlik sportchilar jang qiladi!
19 aprel kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Oktagon 57” turniri o‘tkaziladi. Mazkur jang kechasida bir qator hamyurtlarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Jumladan, asosiy kardidan Shohasan Mirzamatov va Mironshoh Jafarovlarning jangi ham o‘rin olgan.
Mironshox Djafarov (5-1) qozog‘istonlik Konstantin Merkulov (5-3) bilan bahs yuritsa, Shoxasan Mirzamatov (11-3) ozarbayjonlik Emin Sharifov (5-1) bilan kuch sinashadi. Qolaversa, Azizbek Temirov va Muhiddin Mamajonovlar ham ushbu turnirda oktagonga ko‘tarilishi ma’lum bo‘lgan. Yana ushbu turnirda jang qiladigan o‘zbekistonlik sportchilarning soni oshishi mumkin. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar