
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini o‘tkazdi
Shohjahon Ergashev ishtirokidagi jang ikkinchi raundda o‘z yakuniga etdi. Ya’ni, belaruslik Dmitriy Milyusha uchinchi raundga chiqa olmadi. Sababi, u ikkinchi raundda qovurg‘asidan kuchli zarba o‘tkazib yubordi va jiddiy jarohat oldi. Shu tariqa, hamyurtimiz navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Shohjahon professional boksda ushbu jang bilan hisoblaganda 19 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qayd etgan.
Fikrlar