Shohjahon Ergashev va Shaxram G‘iyosov vaznida barcha kamarlarni o‘ziki qilgan Josh Teylor vazn ko‘tarish borasidagi savolga javob berdi

  • 16 iyun, 2021, 11:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida WBC, WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari egasi britaniyalik Josh Teylor vazn ko‘tarishi yoki kamar himoyasi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

Tecno

"Men tez orada bir qarorga kelishim kerak. Ko‘p kuta olmayman, chunki tashkilotlar kamar himoyasi uchun jangga birin ketin buyruq bera boshlaydi. Agar himoya qilishga ulgurmasam, kamarlarim olib qo‘yiladi. Men vazn ko‘tarishni afzalroq deb bilaman. Yuqori vaznda Terens Krouford, Errol Spens va men uchun qahramon bo‘lgan Menni Pakyaolar bor. Bu vaznda juda ko‘p katta janglar bor.

Shuningdek, hozirgi vazn toifamda ham yaxshi bahslar o‘tkazishim mumkin. Menda WBOda davogar bokschi Jek Ketterel bilan jang qilish varianti ham yo‘q emas. Bu borada tez orada qaror qabul qilaman", - dedi Teylor BBC kanaliga.

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Josh Teylor Xose Ramiresni mag‘lub etib, mutlaq chempion bo‘lgan edi. Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov aynan mana shu vazn toifasida faoliyat olib bormoqda.

Tayson Fyuri va Deontey Uaylder jangi oldidan yuzma-yuz keldi (video)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sash
16/06/2021 11:57
Shohjohonga tushunmayapman. Qaerdadi kurrala bilan urushib yuribdi. Vashshi kerakmas.