
Shohrux Gadoev "Neftchi"dan ketdi
Shohrux Gadoev "Neftchi" jamoasini tark etdi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
"Ayni kunlarda davralar oralig‘idagi yozgi transfer jarayoni davom etmoqda va jamoalar tarkibida o‘zgarishlar yuz berishi tabiiy holga aylangan. Shu qatori, mavsum boshida "Neftchi"ga kelib qo‘shilgan yarim himoyachi Shohruh Gadoev bilan amaldagi shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilindi.
Jamoamiz nomidan Shohruh Gadoevga neftchilar tarkibida olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida professional sohasidagi ishlariga omad yor bo‘lishini tilaymiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar