
Shomurodov bilan o‘ynagan futbolchi Kokorin jamoasiga o‘tadi
O‘tgan mavsumni “Jenoa”da yakunlagan Davide Dzappakosta o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda. Aslida italiyalik himoyachi “Chelsi”ga tegishli. Biroq, londonliklar unga asosiy tarkibdan joy bermayapti.
Ayni paytda 29 yoshli o‘yinchini “Fiorentina” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Florentsiyalik o‘tgan yili Eldor Shomurodovga ham xaridor bo‘lgandi. Keyinchalik bu jamoa Rossiya chempionatining boshqa vakili – Aleksandr Kokorinni transfer qildi.
Davide Dzappakosta “Jenoa”da yuqori saviyada to‘p surdi. Himoyachi A seriyada 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga to‘rtta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi. Uning londonliklar bilan kelishuvi kelasi yili yakunlanadi va transferi 8 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar