Shomurodov o‘ynagan uchrashuvdan keyin Mourino “zahri”ni kimlarga sochdi?

  • 14 fevral, 2022, 23:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” A Seriyaning navbatdagi turida “Sassuolo” mehmoni bo‘lib, uch ochkoli o‘yinda bazo‘r mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. Biz uchun ahamiyatlisi, Mourino tanqidiga uchraganidan keyin bir necha o‘yinda zaxirada qoldirilgan Eldor Shomurodov 20 daqiqadan ko‘proq to‘p tepgani bo‘ldi.Har holda hamyurtimiz zaxira o‘yinchisi maqomiga qaytdi.

Uchrashuvdan keyin Joze Mourino yana tilini tiya olmadi. Bu gal portugaliyalik mutaxassis jurnalistlarni tanqid qildi.

29a108

- Agar siz 90-daqiqagacha yutqazib, keyin durangga erishsangiz, hissiyotlar biroz boshqacha bo‘ladi. Avvalroq, menga durang bo‘ladi, deyishganida buni qabul qilmasdim. Bu galgi holatdan kelib chiqib, katta minnatdorlik bildirishim kerak. So‘nggi to‘rtta uchrashuvdan sakkiz ochko oldik, ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi.

Men statistikani o‘zgartirish uchun o‘n daqiqa etarli, deb hisoblamayman. Marash Kumbulla ancha barqaror va sifatli o‘ynadi. Birinchi bo‘limda Rik Karsdorp va Matias Vinaga to‘p tushganida tartibli o‘yin namoyish qila olmadik. Ikkinchi bo‘limda bosimni oshirdik, g‘alaba uchun kelgan bo‘lsakda, bir ochko ishladik.

Jurnalistlarning yozayotganlarining kichik qisminigina inkor qila olmayman. Qolgani jurnalistikaning beshinchi darajasidagi uydirmalar. Jamoamiz birdamlik jihatidan engilmasdir. O‘yinchilar va Mourino yomon, deyish mumkin,  jamoa bahamjihatdir.

Maydonda o‘yinchilarda ishtiyoq bo‘lish kerak. Serjiu Oliveyra va Lorentso Pellegrini birinchi marta birga o‘ynadi. Bittasi yaqinda kelgan, ikkinchisi endi jarohatdan tiklaydi. Ular sifatli o‘yinchilar.

Endi o‘yinimizni kuchaytirib, Konferentsiyalar ligasida yaxshi natija uchun harakat qilamiz, - dedi Joze Mourino.

Ma’lumotlarga qaraganda, Mourinoning jurnalistlarni tanqid qilishi bejiz emas. “Inter” bilan bo‘lgan uchrashuvdan keyin tanqidga uchragan ayrim o‘yinchilar matbuot bosimi tufayli “Roma”ni tark etish istagini bildira boshlagan.

Kristante: G‘alaba qozonishimiz shart edi

“Sassuolo” va “Roma” o‘rtasidagi uchrashuvda rimliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifi Brayan Kristante bahs haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Durangning ahamiyati yo‘q, biz g‘alaba qozonishimiz shart edi. Biz mag‘lubiyatdan qutilib qoldik,  lekin bu etarli emas. Bizga nimadir etishmayapti. Hech qachon taslim bo‘lmaymiz va ko‘proq mehnat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Muxlislarimiz bizni zo‘r qullab-quvvatlayapti, bunga javoban ko‘proq narsaga erishish lozim, - dedi Brayan Kristante.

26 yoshli futbolchi asli “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida “Benfika”, “Palermo”, “Peskara”, “Atalanta” kabi jamoalarda ham to‘p tepgan Brayanni “Roma” 2019 yil yozda 22 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan.

Kristante joriy mavsumda barcha turnirlarda 31 ta uchrashuvdan maydonga tushib, uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

kristante

Yana ozroq sabr kerak

Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan Leonardo Spinatstsola yozda olgan jarohatidan qutilgani yo‘q.

O‘tgan yilning noyabr oyida mashg‘ulotlarga qaytishi aytilgan tajribali himoyachining jarohati tiklangani yo‘q. Spinatstsolaning jarohatini operatsiya qilgan finlyandiyalik jarroh Lasse Lempaynen Rimga kelib, mijozini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Leonardo bir-bir yarim oydan keyin mashg‘ulotlarni kuchaytirishiga ruxsat beriladi. Avvalroq, “Roma” himoyachisi kelasi mavsum maydonga qaytishi aytilgan edi.

28 yoshli Spinatstsola professional faoliyati davomida “Empoli”, “Yuventus”, “Virtus Lanchiano”, “Siena”, “Atalanta”, “Vichentsa”, “Perudja” kabi klublarda o‘ynagan. “Roma” tajribali himoyachini 2019 yilning yozida “Yuventus”dan 29,5 million evroga transfer qilgan edi.

-1579020784

Calciomercato: Shomurodov “Roma”dan ketishi mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ANNAQULOV G'ULOM
14/02/2022 20:42
Eldorga ko'proq imkoniyat ber Joze