Shomurodov Rossiyada yana bir intervyu berdi

  • 27 noyabr, 2019, 18:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi a’zosi Eldor Shomurodov berilgan savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Sizni O‘zbekistonda ham, Rossiyada ham birorta sovriningiz yo‘q. Rossiya Kubogida "Spartak" klubiga qarshi ikkinchi tarkib bilan o‘ynash alamli bo‘lmadimi?

- Sovrinim yo‘qligi borasida juda kam o‘ylayman. Hozir eng asosiysi rivojlanish.

O‘zbekistonda qolishim mumkin edi va sovrinlarni qo‘lga kiritishim mumkin bo‘lardi. O‘sishni istayman.

Avval, o‘zimning eng yuqori saviyamga chiqib olishim kerak.

- Maosh kechikishi bilan bog‘liq vaziyat sizni bezovta qilyaptimi?

- Bu savolga javob beradigan boshqa shaxslar bor. Men bu haqida o‘ylamayman.

- Klubingizda 5 ta turdan buyon gol urolmayapsiz, nima uchun?

- Sababi yo‘q, muammo ham yo‘q. Bunaqasi ham bo‘lib turadi. Agar shunday ishlashda davom etsam, yana gollar ura olaman.

- 2 yildan buyon "Rostov"ga sizning transferingiz borasida takliflar kelib tushayapti, shundaymi?

- Agar takliflar bo‘lganida men eshitgan bo‘lardim.

- Ammo agentingiz Qahhor Mo‘minov TsSKA va "Shtutgart" klublaridan taklif borligini aytgandi.

- Agar aytgan bo‘lsa, demak taklif bo‘lgan.

- Sharqona javob. Demak, qishni kutishimiz kerakmi?

- Ha, shunday.

- Sizga, "Rostov"ning mavsumdagi maqsadlari qanday ekanligini ta’kidlashadi?

- Murabbiyimiz har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushishimizni tayinlaydi. Umumiy olganda Evrokuboklarga yo‘llanma olish bosh maqsadimiz," - dedi Shomurodov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!