Shomurodov “tank"mi?

  • 9 sentabr, 2020, 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futboli tahlilchilari aksariyat klublarni birlashtirib turadigan antiqa bir xususiyatni topdi.  Ularning fikriga ko‘ra, premer-liga jamoalarning aksariyati “tank” hujumchilarni orzu qilar ekan.

Tecno

Mutaxassislar “tank” deganda, ilgari “katta hujumchi”, “og‘ir forvard”, “taran futbolchi” deb qo‘llanilgan aslida baland bo‘yli, jismonan baquvvat hujumchilarni nazarda tutayotgani aytilmoqda.

Ekspertlar bugungi kunda “tank” hujumchilarni o‘ynatish Rossiya futbolida juda ommalashib, moda darajasiga ko‘tarilganini ta’kidlamoqda. Ular premer-ligadagi jamoalardan o‘ntasida ana shunday “katta hujumchilar” borligini aniqlab, ularning ro‘yxatini e’lon qildi.

Xususan, Oston O‘runov to‘p surayotgan “Spartak”da Aleksandr Sobolev, “Zenit”da Artyom Dzyuba,  “Sochi”da Anton Zabolotniy, “Dinamo”da Nikolay Komlichenko, TsSKAda Adolfo Gaych, “Axmat”da Vladimir Ilin, “Lokomotiv”da Eder, “Rubin”da Jorje Despotovich, “Arsenal”da Evgeniy Lutsenko va nihoyat “Rostov”da Eldor Shomurodov murabbiylar orzu qiladigan ana shunday “tank” hujumchilar ro‘yxatidan joy oldi.

e36ad2938e85ea02fd6f94e3947f1505f0f9b0a5

Agar Oston O‘runov ham hujumda o‘ynaganida o‘zining jismoniy ko‘rsatkichlari, bo‘y-basti va quvvati bilan Rossiya chempionatining eng baquvvat “tanklaridan” bo‘lardi.

Tahlilchilar taran tipidagi hujumchilar murabbiylarga turli taktik g‘oyalarni qo‘llashda katta imkoniyat yaratib berishini alohida ta’kidlaydilar. Bu tipdagi forvardlar qanotlardan, standart vaziyatlardan yoki maydonning ichidan yuqorilab oshiriladigan to‘plarni darvozaga joylashda samaradorlikni ta’minlab beradi. Qolaversa, “ikkinchi qavat”dagi yakkakurashlarda, raqib mudofaasini “yorib” o‘tishda, himoyachini “bosib” etishda ham ularning imkoniyati bo‘y-basti singari yuqori hisoblanadi.

Baland bo‘yli hujumchilarni korpus bilan surib tashlash yoki ulardan to‘pni olib qo‘yish himoyachilardan katta yurak, anchagina mahorat, chaqqonlik va albatta, ehtiyotkorlikni talab etadi. Mana shu va boshqa hislatlari uchun ham “tank” hujumchilarga talab katta.

Bundan tashqari, bo‘yi “taranlardan” pastroq, lekin jismonan baquvvat hujumchilar ham bor. Bu tipdagilardan Vladimir Dyadyun “Ximki”da, Aleksandr Karapetyan va asli Buxoroda tug‘ilgan Vladimir Obuxov “Tambov”da faoliyat yuritmoqda. 

Shu o‘rinda, mutaxassislar “tank” hujumchilardan ko‘proq samara olish uchun ularning yonida tezkor va texnikasi kuchli forvardlar ham bo‘lishi kerakligiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, Artyom Dzyubaga oldingi chiziqda Sardor Azmun katta yordam beradi va bu juftlikning “Zenit” muvaffaqiyatlarida hissasi benazir. “Spartak”da Sobolev va Jordan Larsson, “Dinamo”da Nikolay Komlichenko va Silvestr Igbun kabi hujum juftliklari to‘p suradi. “Rostov”da keyingi paytda Shomurodovning ishlari yurishmayotganiga balki Sardor Azmundek chaqqon sherik yo‘qligi sababdir. Endi buni murabbiyu mutaxassislar biladi.

Rossiya premer-ligasining oltita turida kiritilgan gollardan 29 tasi aynan standart vaziyatlardan oshirilgan to‘plar orqali kiritildi. Qarshi hujumchilardan atigi uchta gol urilganini inobatga olsak, bu statistikada “tank”larning qudrati yaqqol namoyon bo‘ladi.

Yana bir fakt. Unga ko‘ra, “ikkinchi qavatdagi” kurashlarda eng ko‘p g‘olib chiqqan futbolchilar ham aynan “taran” tipidagi hujumchilar - Sobolev, Komlichenko, Lutsenko, Shomurodov va Zabolotniy ekan.

rue26cf3e4223_1

Rossiya chempionatidagi murabbiylarning sevimli taktikalaridan biri uzun paslar bo‘lib qolmoqda. Bu paslardan, asosan raqib darvozasiga bo‘lgan masofani tezroq bosib o‘tish va himoyachilarni g‘aflatda qoldirish maqsadida qo‘llanilmoqda. Va aynan shu taktikada bo‘yi baland hujumchilarga ehtiyoj yanada ortadi.

Xulosa qilib aytganda, rus jamoalari murabbiylari oldingi chiziqda hamon “tanklarni” qo‘llash taktikasidan voz kechgani yo‘q. Shunday ekan, Rossiyada bo‘yi baland hujumchilarning bozori gurkirab qiziyveradi.

Shomurodov, Jaloliddinov va O‘runovga Evropa eshigi ochiladimi?

Legionerlarimiz kubok uchun kurashadi. 20 million mukofoti ham bor!

Shomurodov – UEFA Chempionlar ligasi ishtirokchisining asosiy nishoniga aylandi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!