Shomurodov va Fayzullaevning UEFA turniridagi o‘yini qanday baholandi?

  • 23.07.2026 08:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev jahon chempionatidagi keyin ilk rasmiy uchrashuvlarini o‘tkazdi. 

Legionerlarimiz mundialdan keyin qisqa fursat hordiq chiqarganidan keyin "Istanbul Boshakshehir" ixtiyoriga qaytib, bir  necha kun davomida mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inida qatnashdi. 

"Boshakshehir" bosh murabbiyi Nuri Shaxin Konferensiyalar ligasi turnirining saralash bosqichidagi Finlandiyaning "Inter Turku" jamoasiga qarshi uchrashuvda Eldorni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi. 

Abbosbek Fayzullaev esa, zahirada qoldirildi va ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida o‘yinga qo‘shildi. 

Mezbonlar g‘alaba uchun maydonga tushgan bo‘lsa-da, birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubordi va qolgan vaqt mobaynida mag‘lubiyatdan qutilib qolishga harakat qildi. Va amalda buni uddaladi. 

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi va keyingi bosqichga yo‘llanma oladigan jamoa javob o‘yinida aniqlanadigan bo‘ldi. 

Nufuzli manbalardan hisoblangan Flashscore.com sayti "Istanbul Boshakshehir" tarkibida faol o‘ynagan o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaevning "Inter Turku"ga qarshi uchrashuvdagi harakatlarini yuqori baholadi. 

Shomurodov uchrashuvning 69-daqiqasigacha to‘p surdi va uning harakatlari Flashscore talqiniga ko‘ra 7,2 ballga munosib, deb topildi. 

Fayzullaev esa 61-daqiqada zahiradan maydonga tushirildi va jamoasi o‘yini kuchaytira oldi. 22 yoshli hujumkor futbolchining harakatlari 7,0 ball bilan baholandi.

Eslatib o‘tamiz, "Istanbul Boshakshehir" va "Inter Turku" o‘rtasidagi ilk bellashuv Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan. Javob uchrashuvi 30 iyul kuni Finlandiyaning Turku shahrida o‘tkaziladi. 

Ushbu juftlik g‘olibi Konferensiyalar ligasi saralashi uchinchi bosqichida "Vaduts" (Lixtenshteyn) — "Atletik Eskaldes" (Andorra) qarama-qarshiligida zafar quchgan jamoa bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!