Shomurodovni "Roma"da o‘ynatmagan Mourino o‘rnini nemis mutaxassisi egallashi mumkin

  • 8 mart, 2023, 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubidan iste’foga chiqqanidan so‘ng ishsiz qolgan germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

The Sun nashrining xabar berishicha, nemis mutaxassisining xizmatlariga “Roma” jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Bo‘rilar" rahbariyati Tuxelni jamoaning amaldagi ustozi Joze Mourino iste’foga chiqarilgan taqdirda bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida belgilagan. Oldinroq, agar jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, portugaliyalik mutaxassis klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

“Roma” A Seriyaning 25 ta o‘yinidan so‘ng 47 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida UEFA Chempionlar ligasining keyingi mavsumida o‘ynash huquqini taqdim etdigan 4-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!