"Shomurodovni tanqid qilmang!"

  • 27.12.2020 20:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi yil oldidan ko‘plab milliy chempionatlar qatori Italiya A Seriyasi ham qisqa muddatli tanaffusga chiqdi. 2020 yilning so‘nggi uchrashuvidan oldin bosh murabbiyni almashtirgan “Jenoa” yangi yilni xush kayfiyat bilan kutib oladi. Chunki genuyaliklar so‘nggi bellashuvda  asosiy raqobatchilaridan hisoblangan “Spetsiya” maydonidan g‘alaba bilan qaytganini yaxshi bilasiz.

Qisqa muddatli tanaffusdan foydalanib, futbol muxlislari jamoadagi o‘zgarishlar,  transferlar va yangi kelgan futbolchilar o‘yini bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘lyapti. Xususan, “Jenoa”ning keyingi paytdagi eng qimmat transferlaridan hisoblangan Eldor Shomurodov bo‘yicha asosan ijobiy munosabatlar bildirilmoqda. Biroq, o‘zbek hujumchisining o‘yinidan qoniqmayotgan muxlislar ham tanqid toshini otishdan tortinayotgani yo‘q.

132046713_4157701184240770_1635003545756819908_o

E’tiboringizga genuyalik muxlislarning Shomurodov haqidagi fikrlarini havola etamiz.

Roberto Mangione:

Franchesko Kassata va Eldor Shomurodov omadsiz transfer bo‘ldi. Birinchisi doimiy jarohatda, ikkinchisi ham bir shikastlandi va keyin darvozani ishg‘ol qila olayotgani yo‘q.

Marco Rossario:

Transferlarimiz o‘zini oqlashiga ishonaman. Menimcha, Shomurodov transferi istiqbolli xaridlarimizdan. Hozircha, jarohatdan keyin Eldorning o‘yini ochilganicha yo‘q va yangi chempionatga to‘liq moslashib ulgurmadi. Unga biroz vaqt berish kerak. E’tibor bering, “Atalanta” ham Rossiya chempionatidan o‘yinchi oldi. Aleksey Miranchukning narxi Eldornikidan ikki baravar qimmat. U “Atalanta” safida deyarli o‘ynamayapti. Shomurodov esa ancha foyda keltirmoqda.

1111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111_2

Massimo Marchi:

Transferlarga baho berishga hali biroz erta. Yangi futbolchilardan birortasi kutilgan o‘yinni namoyish qilgani yo‘q. Ular orasida umuman yo‘qolib qolganlar ham, kelajak uchun umid uyg‘otayotganlar ham bor. Shaxsan men Eldor Shomurodov,  Mattia Destro va Davide Dzappakostaga ishonaman.

Elisa Caviglia:

Selektsiya – dahshatli narsa. V Seriyaga tushib ketish hech gap emas. Tanilmagan o‘zbekistonlik hujumchi uchun katta summa to‘langanini tushinish qiyin.

Micael Tomassoni:

Menga Davide Ballardinining kelgani yoqdi. Birinchi o‘yindayoq g‘alaba qozondi. U kelgunicha jamoa hafsalamni pir qilayotgan edi.

Carmine Buonissimo:

Yangi futbolchilar hayratga solgani yo‘q. Eng kuchli o‘yinchi bo‘lishi kutilgan Davide Dzappakosta yarim yil davolandi. Franchesko  Kassata hali o‘ynamadi. Eldor Shomurodov maydonga tushgan bo‘lsa ham foyda keltirmadi.

Giogio Stefano: (Carmine Buonissimo izohiga javoban)

Shomurodovni tanqid qilmang! U harakat qilyapti, jamoa uchun kurashyapti. Bunga qo‘shimcha tarzda, gol urib, samarali pas oshirganini ta’kidlash kerak. Bu hali boshlanishi.

epcl8jswmaa295n_1

Italiya A Seriyasi o‘yinlari 3 yanvar kuni yana start oladi. 15-tur uchrashuvida “Jenoa” o‘z maydonida “Latsio” futbolchilarini qabul qiladi.

Shomurodov “Jenoa”dan ketadimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
27/12/2020 11:57
Элдор ОМАДИНГ келади олга факат гол зур уйинамокдасан факат ГОЛ ГОЛ ГОЛ
Alisher Markayev
27/12/2020 17:09
Элдорга тупни етказиб берадиган женоада мард топилмаябди. Хали хаммаси олжинда Элдор.
Rustam Raxmatullaev
27/12/2020 14:29
Menimcha Eldor 2021- yildan gol urushni boshlasa kerak utgan yili Rastovda uyganda shunday bulgandi moslashib olishda hamma gap.
Дилшод Даврлнов
27/12/2020 11:56
Элдор ОМАДИНГ келади олга факат гол зур уйинамокдасан факат ГОЛ ГОЛ ГОЛ