Shomurodovni to‘xtatishi kerak bo‘lgan mashhur himoyachilar bugun maydonga tushmaydi

  • 6 fevral, 2021, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkent vaqti bilan tungi 00:45 da “Jenoa” o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qiladi.  Ushbu bahs A Seriyaning 21-turi doirasida o‘tkaziladi.

Tecno

Muhim uchrashuv oldidan “Napoli” jamoasi tarkibida kutilmagan muammo paydo bo‘ldi. Klubning mashhur himoyachilari – Kalidu Kulibali va Favzi G‘ulomda konoravirus infektsiyasi aniqlangan.

Har ikki futbolchida kasallik alomatlarsiz kechmoqda. Shunga qaramay, ular uy karantiniga olingan. Belgilangan protokolga ko‘ra, har ikki futbolchi kamida 10 kuni izolyatsiyada o‘tirishi kerak. Demak, Kulibali va G‘ulom bugun Eldor Shomurodov jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Hujum “Jenoa”ning eng kuchli chizig‘i hisoblanadi. Eldor Shomurodov va Mattia Destro tandemi jamoa muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shmoqda. Shomurodov golli vaziyatlar yaratayotgan bo‘lsa, Destro ulardan unumli foydalanib, genuyaliklar g‘alabasini ta’minlamoqda.

Shomurodov “Jenoa”ning noxush an’anasiga chek qo‘yib, “Napoli”ni tiz cho‘ktira oladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!