Shomurodovning sobiq jamoadoshi endi "Roma"da ham unga raqobat qilishi mumkin

  • 14 iyun, 2023, 17:32
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval Italiya chempionatining o‘tish o‘yinida "Spetsiya" va "Verona" o‘zaro to‘qnash keldi. Bellashuvda "Verona" 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, A Seriyada qoladigan bo‘ldi.

Mavsumning yarmini "Spetsiya"da ijara asosida o‘tkazgan Eldor Shomurodov yana "Roma"ga qaytadi. Bu haqda futbolchining o‘zi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga kelganda ma’lum qildi. 

Qolaversa, "Roma" Janluka Skamakkaga qiziqish bildirmoqda. "Vest Xem" hujumchisi yana Italiyaga qaytishi mumkin. Bu haqda mahalliy jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, "bo‘rilar" 24 yoshli forvardni qo‘lga kiritmoqchi. Klub vakillari shu hafta futbolchining agenti bilan uchrashmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov "Roma"ga o‘tishdan avval "Jenoa"da Janluka Skamakka bilan birga to‘p tepgandi. Endi ular Rim klubida ham jamoadoshga aylanishi mumkin.

136420275_4200332819977606_4306698617086352015_o

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
16/06/2023 17:40
Золотой запас жойинга кайт