Shomurodovning sobiq raqobatchisi APLga ko‘chib o‘tadi

  • 25 iyul, 2022, 19:45
  • 0
  • Futbol

"Sassuolo" futbolchisi, bir vaqtlar "Jenoa"da hamyurtimiz Eldor Shomurodov bilan birga to‘p tepgan Janluka Skamakka APLga ko‘chib o‘tmoqda. U Londonning "Vest Xem" jamoasi bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda. 

Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, italiyalik futbolchi bugun Angliyada klub bilan moliyaviy tomonlama bitimga rozilik bildirgan. U ertaga tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. 

Transfer narxi "bolg‘achilar" uchun 36 million evroga tushgan. Shuningdek, 6 million evrolik bonus ham ko‘zda tutilgan.

"Sassuolo"da futbolchi "Vest Xem"dan ketadigan bo‘lsa, transferdan tushgan 10 foizlik foydani o‘ziga olib qolish bandi bor. Tez orada bu xarid ikki jamoalar tomonidan rasmay e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!