Shon Bredi: "Islam Maxachev Jek Maddalenani yutsa, shu vaznda qoladi, biroq..."
UFC yarim o‘rta vazn (77 kg) reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan jangchi Shon Bredi rossiyalik Islam Maxachevning vazn o‘zgartirish ehtimoli haqida gapirdi.
“Maxachev kelishi bilan butun yarim o‘rta vazn buzilib ketdi. Bilaman, u Topuriya bilan biror katta jang qilishni rejalashtirmoqda. Agar Islam Jek Maddalenani yutsa, shu vaznda qoladi. Aksincha bo‘lsa, ehtimol, engil vaznga qaytar... Menimcha, agar u yarim o‘rta vazn chempioniga aylansa, unvonini bir-ikki marta himoya qiladi-da, keyin faoliyatini yakunlaydi”, — dedi Bredi "Red Corner MMA" ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Maxachev (27-1) 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida yarim o‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Jek Della Maddalena(18-2)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar