
Shon O'Melli: "Ular barcha davrlarning eng yaxshi jangchilari"
O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Shon O'Melli bir nechta jangchilarni MMA tarixidagi eng yaxshilari deb atadi.
“Jon Jons, Xabib Nurmagomedov va Islom Maxachev MMA tarixidagi eng yaxshi jangchilar. Lekin men eng buyugi bo‘lishni xohlayman. Bu mening bosh maqsadim", - dedi O'Melli ESPN MMA You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Shon O'Melli(18-1-1 N/C) Merab Dvalishvili (17-4) bilan 15 sentyabr kuni "UFC 306" turnirida jang qiladi.
Fikrlar