
"Sho‘rtan" 4 futbolchi transferini e’lon qildi
Superligaga qaytishni qattiq maqsad qilgan G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasi yangi mavsumda Aleksey Evstafeevni bosh murabbiy etib tayinladi.
Klub bosh murabbiyi yangi jamoani shakllantirish maqsadida dastlab G‘uzorda keyin esa Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tashkil etdi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida ko‘plab futbolchilar ko‘rikdan o‘tdi.
Bugun jamoa Zafar Polvonov, Shokir Yo‘ldoshov, Sardor Telyakov va Jasur Umarov bilan shartnoma imzoladi.
Futbolchilar haqida qisqacha ma’lumot:
Zafar Polvonov
Tug‘ilgan yili: 19.02.1985
Ampluasi: Hujumchi
To‘p surgan jamoalari: "Nasaf", "Sho‘rtan", "Dinamo", OKMK, "Andijon".
Sardor Telyakov
Tug‘ilgan yili: 14.01.1994
Ampluasi: Markaziy yarim himoyachi
To‘p surgan jamoalari: "Istiqlol" (Farg‘ona), "Turon", "Navbahor".
Shokir Yo‘ldoshov
Tug‘ilgan yili: 20.01.1996
Ampluasi: Yarim himoyachi
To‘p surgan jamoalari: "Mash’al", "Sho‘rtan", "Nasaf", "Dinamo".
Jasur Umarov
Tug‘ilgan yili: 29.03.1998
Ampluasi: Yarim himoyachi
To‘p surgan jamoalari: OKMK, "Dinamo".
"Sho‘rtan" matbuot xizmati
Fikrlar