
"Sho‘rtan" va Qashqadaryo viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi o‘zaro hamkorlikni davom ettiradi
Xabaringiz bor, "Sho‘rtan" professional futbol klubi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Qashqadaryo viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi bilan ikki yildan buyon professional futbolchilarni tayyorlash bo‘yicha ishlab kelmoqda. Bu bo‘yicha shartnoma imzolagan.
"Sho‘rtan" futbol klubi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston professional futbol ligasi doirasida tashkil etilgan PRO-Liga bahslari hamda O‘zbekiston kubogi o‘yinlarida munosib ishtirok etib kelmoqda. Buning uchun mahalliy iqtidorli futbolchilar xizmatidan keng foydalanib kelmoqda.
Bugun Sho‘rtan tarkibida Qashqadaryo viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan Asadbek Samariddinov, Oybek Jonibekov va Choriyor Tursunqulovlar to‘p surmoqda.
Shuningdek, O‘zPFLning U19 chempionati ishtirokchi bo‘lgan "Sho‘rtan" U19 jamoasida ham Qashqadaryo viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiya tarbiyalanuvchilaridan o‘n bir nafari mavjud. Demak o‘zaro hamkorlikdan har ikki tomon ham manfaatdor.
"Sho‘rtan" futbol klubi hamda Qashqadaryo viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi bilan kelgusi hamkorlikda yangi nomlar va mahoratli futbolchilar kashf etiladi degan umiddamiz.
"Sho‘rtan" professional futbol klubi va Qashqadaryo viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi o‘zaro hamkorlikni uzaytirish maqsadida memorandum imzolashdi.
"Sho‘rtan" futbol klubi matbuot xizmati
Fikrlar