Shota Arveladze: Iqlim o‘zgartirishlar organizmga ta’sir qiladi

  • 21 oktabr, 2020, 19:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" Superliganing 17-tur qoldirilgan o‘yinida "So‘g‘diyona"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan holda hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozib qo‘ydi. Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Raqib birinchi bo‘limda bizga ko‘p syurprizlarni taqdim etdi. O‘yin davomida ham, deb aytsa bo‘ladi. Ular qanot himoyachilarimizni butunlay bo‘sh hudud bilan qoldirishdi. Shu sababli, hujumga o‘tishda turli tanlovlarga ega bo‘ldik, vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Birinchi bo‘limda 3-4 marta juda yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadik. Yana avvalgi sur’atga qaytib olish uchun bir oz vaqt zarur bo‘lmoqda. Jamoamizda charchoq alomatlari sezilyapti, lekin yigitlarni to‘g‘ri tushunaman. Busiz iloji yo‘q. Tinimsiz o‘yinlar, ko‘plab uchishlar, vaqt va iqlim o‘zgartirishlar organizmga ta’sir qiladi. Tez orada yanada yaxshiroq va tetikroq o‘ynaymiz, - dedi Arveladze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!