Shu ikki yulduz aniq ketadi

  • 08.08.2025 10:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” tarkibidagi o‘zgarishlar davom etadi. Taniqli insayder Fabritsio Romano yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar yana ikki nafar mashhur o‘yinchi “aristokratlar” safini tark etishini ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi”ning kuchli hujumchilaridan Nikolas Jekson va Kristofer Nkunku yangi mavsumni boshqa klubda o‘tkazishi kutilmoqda.

Fabritsio Romano hamkorlik bekor qilish bo‘yicha klub har ikki o‘yinchi va ularning agentlari bilan o‘zaro bir qarorga kelib bo‘lgan.

Ayni paytda ayniqsa Jeksonning bozori “qaynayapti”. Unga “Nyukasl” va A Seriyaning qator klublar og‘iz solmoqda. Agar “Tottenxem” tez orada Risharlisonni sotib yuborsa, “shporlar” ham Jekson uchun kurashga qo‘shiladi.

“Chelsi”da hujumkor futbolchilar ko‘payib ketdi. Yozda klub o‘z safiga forvardlardan Liam Delap (“Ipsvich”) va Joao Pedroni (“Brayton”), qanot hujumchilaridan Jeymi Gittens (“Borussiya Dortmund”)  va Estevaoni (“Palmeyras”) qo‘shib oldi.

Tarkibga mavsumni “Arsenal” va “Everton”da o‘tkazgan Rahim Sterling va Armando Broyya kabi hujumkor o‘yinchilar to‘ldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!