
Shvetsiyalik hujumchi uchun kurashga Londonning yana bir jamoasi qo‘shildi
"Chelsi" ham Aleksander Isak uchun kurashga qo‘shildi. Klublar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shvetsiyalik hujumchining taxminiy narxi 130 million evroga tushishi mumkin. Bu haqida Angliyaning "Mail Sport" portali xabar berdi.
Avvalroq, 24 yoshli hujumchiga "Arsenal" va "Barselona" ham qiziqish bildirgan edi.
Isak joriy mavsum 40 o‘yinda maydonga tushib, 25 gol kiritgan va 2 golga assistentlik qilgan. Markaziy hujumchining "Transfermarkt.com" portaliga ko‘ra narxi 75 million evro hisoblanadi.
Fikrlar