
Silvio Berluskoni haqida noxush xabar bor
Italiyaning 86 yoshli sobiq bosh vaziri, “Montsa” klubining amaldagi prezidenti Silvio Berluskoni leykemiya bilan kasallangan.
Il Corriere della Sera xabariga ko‘ra, u hozirda Milan klinikalaridan birida intensiv terapiya kursini o‘tamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Berluskoni uzoq vaqt davomida "Milan" prezidenti bo‘lgan. Uning boshqaruvi davrida “rossonerilar” bir necha marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
“Montsa”ga kelsak, A Seriyaning yangi a’zosi hozirda turnir jadvalida o‘n uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar