
Simeone "Everton"ni deb "Atletiko"dan ketmoqchi emas
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone yaqin kelajagi faqat “matraschilar” bilan bog‘liq ekanligi haqida aytib o‘tdi.
“Mening kelajagim “Atletiko” bilan bog‘liq. Yaqin ikki yil ichida ushbu jamoada ishlashimga ishonaman”, - deydi argentinalik mutaxassis Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Simeonega Angliyaning "Everton" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar