
Simona Xalep bosh sovrinni qo‘lga kiritmoqchi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Dubay shahrida davom etayotgan musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga yo‘l oldi.
Simona ushbu turnirning yarim finalida amerikalik Jennifer Bredlini 6:2, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muyassar bo‘ldi.
Endi "Dubai Duty Free Championships"ning finalida S.Xalep qozog‘istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar