"Siti" duranglar girdobiga tushib qoldi (Statistika)
"Manchester Siti" APL doirasidagi so‘nggi oltita o‘yinning faqat bittasida g‘alaba qozongan.
Bugun Pep Gvardiola shogirdlari Angliya chempionatining 17-turida "Kristal Pelas" bilan durang o‘ynadi (2:2).
O‘yin davomida "shaharliklar" Grilish va Lyuisning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinda borishdi, ammo oxir-oqibat g‘alabani qo‘ldan boy berdi. 76-daqiqada Mateta farqni qisqartirgan bo‘lsa, 95-daqiqada Maykl Olise penaltini golga aylantirdi.
"Siti" Premer-ligadagi so‘nggi olti o‘yinda to‘rtinchi bor durang o‘ynadi. Shuningdek, bu davrda jamoa bitta g‘alabaga erishdi va bir bora mag‘lubiyatga uchradi.
Gvardiola shogirdlari Angliya chempionatida 17 o‘yindan so‘ng 34 ochko jamg‘argan holda, 4-o‘rinda bormoqda. “Liverpul” 16 turdan keyin 37 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.

Fikrlar