“Siti” Gvardiolaning o‘rniga ikki murabbiy topdi

  • 13 oktabr, 2024, 11:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ni 2016 yildan beri boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiola mavsumning oxirida klubni tark etishi mumkin.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi va hozircha hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani yo‘q.

Xosep Gvardiolaga Angliya futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoani boshqarishni taklif qilmoqda.

“Shaharliklar” rahbariyati esa, Gvardiolaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan ikki mutaxassis topib qo‘ydi.

Ulardan biri o‘tgan mavsumda “Bayer”ni tarixda ilk bor Germaniya chempioniga aylantirgan Xabi Alonso, ikkinchisi “Sporting”da juda yaxshi natijalar qayd etayotgan Ruben Amorimdir.

53 yoshli Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” olti marotaba Angliya chempioni bo‘ldi va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Neytral muxlis
13/10/2024 16:47
Dunyodagi eng zo'r murabbiy!