"Siti" Kulibaliga 5 yillik shartnoma va 10 mln evro maosh taklif qilmoqda

  • 12.08.2020 15:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" rahbariyati hamon "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Italiyalik jurnalist Nikolo Sakiraning xabar berishicha, “shaharliklar” ayni damda senegallik futbolchining agenti bilan muzokara olib bormoqda. Unga ko‘ra, “Siti” Kulibaliga 5 yillik shartnoma va yiliga 10 mln evro maosh taklif qilmoqda.

Hozirda ushbu transferga eng katta to‘sqinlik qilayotgan narsa bu “Napoli”ning katta mablag‘ so‘rayotgani bo‘lib turibdi. A Seriya grandi etakchi futbolchisini 80 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Kalidu Kulibali “Napoli” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum Italiya chempionatida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!