
"Siti" rahbariyati futbolchisi uchun xaridor chiqishini kutmoqda
Bernardu Silva yozgi transferlar oynasida "Manchester Siti"ni tark etishi oydinlashib bormoqda..
"Transfer News Live"ning xabar berishicha, "shaharliklar" 30 yoshli portugaliyalik futbolchi bo‘yicha takliflar kutmoqda. Ta’kidlanishicha, Bernardu Silvaga Ispaniya, Portugaliya va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, OAVda "Manchester Siti"ning yozda jamoaga yosh futbolchilarni jalb qilish orqali tarkibni qayta qurish rejasi borligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Bernardu Silvani 60 million evroga baholamoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar