“Siti” Holandni “Real”ga qo‘yib yuboradimi?

  • 04.06.2026 17:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati norvegiyalik hujumchi Erling Holandning yozda “Real” klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga mutlaqo hotirjam munosabatda bo‘lmoqda. Chunki klub yaqin vaqt ichida uning transferini kutmayapti.

Bu haqida jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “shaharliklar” Holand jamoada qolishiga ishonmoqda va futbolchidan ketish istagi haqida hech qanday signal olmagan.

Shuningdek, Holand klub loyihasining asosiy qismi hisoblanadi. Bu hatto bosh murabbiylikka Enzo Mareska tayinlangan taqdirda ham o‘zgarmaydi.

Avvalroq, “Real” prezidenti lavozimiga nomzod Enrique Rikelme 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda g‘alaba qozonsa, Holandni klubga olib kelishini va’da qilgan edi.

O‘tgan mavsumda Holand barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda qatnashib, 38 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!