“Siti” yulduziga o‘rinbosar islayapti

  • 08.02.2026 10:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” rahbariyati klub bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib borayotgan Bernardu Silvaning o‘rnini bosishga qodir bo‘lgan yangi ijrochi qidirish ishlarini kuchaytirdi.

Portugaliyalik yulduz 2017 yilda Fransiyaning “Monako” klubidan ko‘chib o‘tganidan beri “shaharliklar” safida o‘ynamoqda va bosh murabbiy Xosep Gvardiola unga o‘tgan yili jamoa sardorligini topshirdi.

Bernardu Silva “Siti” safida shu vaqtagacha olti marta Premier-liga chempioni, ikki marta Angliya Kubogi sohibi, to‘rt marta Liga Kubogi g‘olibi va Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Biroq Silvaning shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va The Athletic xabariga ko‘ra, tarkibni yoshartirish siyosatini davom ettirishga qaror qilgan “Manchester Siti” 31 yoshli o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Silvaning kelajagiga kelsak, unga Saudiya Arabistonida hali ham qiziqish bor. Shuningdek, Yevropada ham variantlar mavjud. Masalan, “Barselona” tajribali o‘yinchini erkin agent maqomida bepul qo‘lga kiritishni orzu qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!