“Siti”da katta yo‘qotish

  • 12.04.2026 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” Angliya Premier-ligasining 32-turida Londonda “Chelsi”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozonganiga qaramay, katta yo‘qotishga yo‘liqdi.

Uchrashuvda hisobni ochgan Niko O'Rayli o‘yning ikkinchi bo‘limida son orqa payi jarohati sabab almashtirildi.

21 yoshli futbolchi o‘zining ajoyib seriyasini davom ettirib, Rayan Sherkining uzatmasidan keyin bosh bilan gol urgan holda hisobni ochdi va 51-daqiqada “Stemford Bridj”da jamoasiga katta ustunlik keltirdi.

Shundan keyin “Manchester Siti” vakillaridan Mark Gexi va Jeremi Doku bitta dan to‘p kiritib, hisobni yiriklashtirdi.

Biroq chempionlikka da’vogar jamoa uchun jiddiy muammo yuzaga keldi: O'Rayli jarohat bilan maydonni tark etdi va 65-daqiqada uni Rayan Ayt-Nuri almashtirdi.

O'Raylining jarohati qay darajada jiddiy ekani va uning keyingi haftada “Arsenal”ga qarshi hal qiluvchi o‘yinda ishtirok etishi masalasi hali noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!