“Siti”da katta yo‘qotish

  • 18 aprel, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining 33-turidan oldin katta yo‘qotishga uchradi. Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, jamoaning asosiy darvozaboni Ederson Moraes safdan chiqqan.

Tecno

Bu muammo haqida bosh murabbiy Xosep Gvardiola jurnalistlarga shaxsan o‘zi ma’lum qildi.

- Ederson maydondan tashqarida qancha vaqt qolishini o‘zim ham bilmayman, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Braziliyalik golkiper joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 marotaba maydonga tushdi. Bu o‘yinlardan 9 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va jami 47 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turidan o‘rin olgan “Everton” hamda “Manchester Siti” uchrashuvi 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!