“Siti”dan 60 ochko olib tashlanishi mumkin
Angliyaning «Manchester Siti» klubi moliyaviy qoidaduzarliklar sabab 60 ochkodan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqida talkSPORT jurnalisti Alan Brazil xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, bunday jazo murosali yechim sifatida ko‘rilmoqda: u ko‘pchilikni qanoatlantirishi, shu bilan birga, «shaharliklar»ga Premyer-ligada qolish imkoniyatini rasmiy saqlab berishi mumkin.
Biroq Brazil bu qaror joriy mavsumdayoq kuchga kirishiga shubha bilan qaramoqda. Uning fikricha, muddatlar bunga imkon bermasligi mumkin va jazo keyingi mavsumga qoldirilishi ehtimoldan xoli emas.
Uning hamkasbi Elli Makkoyst esa muxlislarning bir qismi yanada qattiqroq jazo kutayotganini ta'kidladi. Shu bilan birga, u 60 ochko olib tashlangan taqdirda ham, klubning ligadagi o‘rnini yo‘qotishi matematik jihatdan muqarrar bo‘lmasligini qayd etdi. Agar Premyer-ligada qolish uchun 37–39 ochko to‘plash kifoya qilsa, «Manchester Siti»da omon qolish uchun kurashish imkoniyati bo‘ladi. Bunday vaziyatda asosiy futbolchilar buni sport chaqiruvsi sifatida qabul qilib, jamoani tark etmasliklari mumkin.
Ayni paytda «Manchester Siti» besh turdan keyin 15 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda 12 ochko to‘plagan «Arsenal» joylashgan.

Fikrlar