“Siti”dan ketgan yulduzni chempion klub chaqiryapti
Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” klubi “Manchester Siti”ni tark etgan tajribali markaziy himoyachisi Jon Stounzga qiziqish bildirayotgan navbatdagi jamoaga aylandi.
Stounz erkin agent sifatida transfer bozorida faol, chunki uning “Siti” bilan shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlandi. “Shaharliklar” hali aprel oyidayoq Jon klubni tark etishini tasdiqlagan edilar.
Bundan avval Stounz sobiq jamoasi “Everton” va Italiya grandi “Yuventus”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi, ammo Sky Sports ma'lum qilishicha, Angliya terma jamoasining 32 yoshli himoyachisi “Inter”ga yo‘l olishi ham mumkin.
“Inter” ayni paytda markaziy himoyachi izlamoqda. Ular “Chelsi”dan ketishi kutilayotgan Trevo Chalobaga ham qiziqqan edi. Biroq bu himoyachi Milan klubi uchun juda qimmatlik qildi.

Fikrlar