“Siti”dan yana bir yulduz ketmoqchi

  • 19.06.2026 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning ispaniyalik tayan yarim himoyachisi Niko Gonsales yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqala boshlandi.

Nikoning bundan qarorga kelishiga sabab sifatida o‘tgan mavsumda “shaharliklar”ning asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushgani keltirilyapti.

Jurnalist Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, 24 yoshli futbolchiga Premier-liganing uchta klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq ushbu klublar nomi oshkor qilinmagan.

Har uch holatda ham gap ijara shartnomasi haqida ketmoqda.

Niko Gonsalesning “Manchester Siti” bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.  Transfermarkt portalida uning bozor qiymati 45 million yevro deb baholangan.

O‘tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Ammo 2024 yildagi “Oltin to‘p” sohibi Rodriga ichki raqobatda imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!