“Siti”ning yana bir mashhur yulduzi ketadi

  • 13 iyun, 19:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” kelasi mavsum oldidan tarkibdagi yoshi katta futbolchilarning ketishiga yo‘l ochib bermoqda. Kayl Uoker va Kevin de Bryuyne kabi taniqli o‘yinchilardan keyin Ilkay Gyundog‘an ham “shaharliklar” bilan xayrlashadigan bo‘lyapti.

Tecno

Jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lining ma’lum qilishicha, 34 yoshli yarim himoyachi “Galatasaroy”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Manbaga ko‘ra, turk klubi rahbariyati ham, germaniyalik futbolchi ham o‘zaro hamkorlik qilish istagini bildirgan.

Shu o‘rinda, Gyundog‘an Saudiya Arabistoni klublaridan rasmiy taklif olganini ham aytish lozim. Biroq tajribali charm to‘p ustasining o‘zi Turkiya variantini ma’qul ko‘ryapti.

Gyundog‘an manchesterliklar safida 2016 yildan beri to‘p tepadi. Orada bir mavsum “Barselona”dan o‘ynab kelganidan keyin yana Xosep Gvardiola jamoasiga qaytib kelgan edi.

Manchesterliklar bilan yana bir yillik shartnomasi bor futbolchi 5 million evroga baholanmoqda. Bu summani to‘lash turk klubiga hech qanday muammo tug‘dirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!