
“Siti”ning yangi o‘yinchisi jamoa haqida nimalar dedi?
“Manchester Siti”ning yozgi transferlari doirasida jamoaga olib kelingan niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reyders “shaharliklar”ning mavsumoldi yig‘inlaridagi mashg‘ulotlari haqida fikr bildirdi.
- Biz to‘pni nazorat qilish bo‘yicha ko‘p ishladik. Shuningdek, past blok bilan himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynash usullarini o‘zlashtirdik.
Bundan tashqari, mashg‘ulotlarda to‘p yo‘qotilganda qanday reaktsiya qilish, to‘pni tezroq qaytarib olish, o‘yinni boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarimizni rivojlantirishga e’tibor qaratdik, - dedi Tijani Reynders.
27 yoshli Reynders Niderlandiya futbolining eng iste’dodli tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. O‘z yurtida bir necha yil mahorat oshirgan yarim himoyachi 2023-2025 yillar davomida “Milan” sharafini himoya qildi.
“Manchester Siti” bu o‘yinchini 55 million evroga transfer qilib, u bilan 2030 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Fikrlar