Sloan Stivens kurashni davom ettiradi
Amerikalik Sloan Stivens Xotin-qizlar tennis uyushmasi - WTA tomonidan Akapulkoda o‘tkazilayotgan musobaqada chorak finalga chiqdi.
"Abierto Mexicano Telcel - 2018" turnirining ikkinchi davrasida Sloan Stivens gollandiyalik Aranta Rusga qarshi uch set davomida bahslashib, yakunda 5:7, 7:6, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa zafar quchgan Sloan yarim finalga chiqish uchun shveytsariyalik Shtefani Fogele, yoki gretsiyalik Mariya Sakkari uchrashuvi g‘olibiga qarshi raqobatlashadi.
Fikrlar