Sloan Stivens Torontoda ham mag‘lub bo‘ldi
Amerikalik tennischi Sloan Stivens Kanadada o‘tayotgan "Rogers Cup" musobaqasining ikkinchi davrasida o‘z ishtirokini yakunladi.
Sloan mazkur bosqichda chexiyalik Mariya Buzkovaga qarshi kortga chiqdi va 2:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Toronto shahri kortlarida o‘tayotgan turnirning uchinchi davrasila Buzkova latviyalik Elena Ostapenko, yoki rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar